Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Turkmaniston» aviakompaniyasi xavfsizlik sababli Moskvaga parvozlarni to‘xtatdi
Reyslar «Moskva havo hududidagi holat tufayli, shuningdek, parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida» to‘xtatilgan.
«Turkmaniston havo yo‘llari» aviakompaniyasi 1 avgustdan boshlab Ashxoboddan Moskvaga parvozlarni to‘xtatdi. Qaror parvozlar xavfsizligi va Moskva havo hududidagi vaziyat bilan izohlanmoqda. Ularning qachon tiklanishi noma’lum.
Turkmaniston poytaxtidan Rossiyaga vaqtinchalik parvozlar Qozon shahri orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
«Moskva havo hududidagi holat tufayli, shuningdek, parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2023 yil 1 avgustdan boshlab «Turkmaniston havo yo‘llari» Ashxobod-Moskva-Ashxobod yo‘nalishidagi barcha reyslarni to‘xtatdi. Parvozlar Ashxobod-Qozon-Ashxobod yo‘nalishida amalga oshiriladi», deyiladi xabarda.
Turkmanistondan Rossiyaga reyslar «Turkmaniston» va S7 aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi. Samolyotlar Ashxoboddan Moskva va Qozonga uchayotgan edi.
1 avgustga o‘tar kechasi Moskvaga dronlar hujumi uyushtirildi. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hujumda 3 ta uchuvchisiz apparat ishlatilgan. Shu sababli, Moskvaning Vnukovo aeroporti yarim soat davomida yopib qo‘yildi. Bu 24 iyuldan beri Moskvadagi nishonlarga dronlar yordamida qilingan to‘rtinchi hujumdir.
Mavzuga oid
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
08:32 / 03.06.2026
Hongkongdan O‘zbekistonga yangi havo yo‘nalishi ochilishi mumkin
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
20:26 / 29.05.2026