Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva Norvegiyani «nodo‘stona harakatlar qilayotgan davlatlar» ro‘yxatiga kiritdi
Rossiya hukumati Norvegiyani Rossiyaning xorijdagi diplomatik va konsullik vakolatxonalariga qarshi «nodo‘stona harakatlar sodir etuvchi» davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.
Hukumat veb-saytida e’lon qilingan tegishli buyruqda aytilishicha, ushbu ro‘yxatga kiritilgan mamlakatlar Rossiyadagi diplomatik idoralarga xodimlarni yollash sohasida cheklovlarga duch keladi.
O‘z navbatida, Norvegiyada 27 kishilik chegara mavjud.
Norvegiya Rossiya missiyalariga qarshi «nodo‘stona harakatlar qilayotgan» davlatlar ro‘yxatiga kiritilgan sakkizinchi davlat bo‘ldi. Ilgari uning tarkibiga AQSh, Chexiya, Gretsiya, Daniya, Sloveniya, Xorvatiya va Slovakiya kirgan.
Shunchaki «do‘st bo‘lmagan davlatlar»ni o‘z ichiga olgan yana bir ro‘yxatga Norvegiya 2022 yil 5 martda, Rossiyaning Ukrainaga to‘liq miqyosli bostirib kirishi boshlanganidan ko‘p o‘tmay, boshqa 47 davlat qatorida kiritilgan edi.
Mavzuga oid
08:16 / 09.06.2026
Norvegiya dunyodagi eng chuqur suvosti tunnelini qurmoqda
08:59 / 28.05.2026
Norvegiya Fransiyaning yadroviy “qalqoni”ga qo‘shildi
10:35 / 25.04.2026
Norvegiyada bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
08:40 / 23.03.2026