Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Chimkent o‘rtasida yangi sayyohlik yo‘nalishlari ishga tushiriladi
O‘zbekiston elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya Chimkent viloyatiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
O‘zbekiston diplomatlari Chimkent viloyatidagi «Janubiy» maxsus iqtisodiy zonasi faoliyati bilan tanishdi, shuningdek, MIZ rahbari Nurali Arginbayev va boshqaruv raisining o‘rinbosari Maqsat Kusherov bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Unda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ikki mamlakat iqtisodiy zonalari o‘rtasida tajriba almashish va boshqa masalalar muhokama qilindi.
O‘zbekiston diplomatik missiyasi delegatsiyasi safar davomida Chimkent viloyati hokimi Murat Aytenov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida turizm, savdo, sanoat va madaniy-humanitar sohalarda har ikki tomon uchun ham foydali bo‘lgan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
Viloyat rahbari Toshkent-Chimkent yangi sayyohlik yo‘nalishlarini ishga tushirish hamda O‘zbekistonda madaniy-humanitar va turizm yo‘nalishlarida o‘tkaziladigan tadbirlarga hudud delegatsiyasini yuborishga tayyorligini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
09:03 / 20.09.2025
O‘zbekiston rossiyaliklar orasida kuzgi sayohatlar uchun eng mashhur yo‘nalishlardan biriga aylandi
18:34 / 04.09.2025
Qozog‘iston tog‘larida o‘zbekistonlik sayyoh daraga qulab, halok bo‘ldi
07:55 / 23.04.2025
Qozog‘istonda Chimkent hokimi o‘rinbosarining hayotiga suiqasd qilindi
11:06 / 11.04.2025