Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sherzod Asadov prezident matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi
O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan Sherzod Ikromovich Asadov prezident matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.
U Prezident administratsiyasining oldingi tarkibida administratsiya rahbari o‘rinbosari - prezidentning matbuot kotibi lavozimida edi.
Sherzod Asadov 2015-2017 yillarda tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovga yordamchi bo‘lgan, 2017 yildan O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasida ish boshlagan, 2018 yildan O‘zbekistonning Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchisiga aylangandi.
Sherzod Asadov 2020 yil martida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ish boshlagandi.
2021 yil martida Sherzod Asadov Prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari - prezidentning matbuot kotibi etib tayinlangandi.
Mavzuga oid
16:52 / 10.06.2026
Sherzod Asadov Moskvada Sergey Kiriyenko va Dmitriy Peskov bilan uchrashdi
18:58 / 14.05.2026
Behzod Normatov prezidentning yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi
19:14 / 21.12.2025
Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi davomida 12 mlrd dollardan ortiq qiymatdagi kelishuvlarga erishildi
22:32 / 17.12.2025