Prezident Şavkat Mirziyoyev bugungi videoselektorda Şerzod Asadovni Prezident Administratsiyasi rahbari örinbosari - prezidentning matbuot kotibi sifatida taniştirgan. Davlat rahbari Şerzod Asadov turli lavozimlarda özini körsatgani, xorijda ham işlab kelganini ta'kidlab ötgan.
«Köp öylab şu qarorga keldim. Bugun Şerzod Asadovni prezidentning matbuot kotibi etib tayinlaş töğrisidagi farmonni imzoladim. Tilni biladi, dunyoni körgan. U ham katta kuraş maydoniga kiryapti. Şu fursatdan foydalanib aytmoqçiman, Şerzod Asadov davlat siyosatining yoritilişiga mas'ul böladi.
Unga juda mas'uliyatli vazifa topşirilyapti. Barça idoralarning matbuot kotiblarini öqitiş, malakasini oşiriş kerak. Soliştiriş, xolisona yondaşuvni örgatiş kerak. Har bir vazirlik matbuot xizmatlari Asadovga böysunadi va hisobot beradi. U barça idoralar, hokimliklar matbuot kotiblari faoliyatini muvofiqlaştirib boradi.
Avvalgi davr bilan soliştiriş kerak, hozirgi adolatli siyosatni xalqqa yetkaziş kerak. Dunyoda axborot olamida keskin kuraşlar ketyapti. Buni töğri anglab yetiş kerak», degan davlat rahbari.
Ma'lumot uçun, Şerzod Asadov 2015-2017 yillarda taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilovga yordamçi bölgan, 2017 yildan Özbekistonning Avstriyadagi elçixonasida iş boşlagan, 2018 yildan Özbekistonning Avstriyadagi favqulodda va muxtor elçisiga aylangandi.
Şerzod Asadov 2020 yil martida Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi Komil Allamjonov ham bu yangilikka munosabat bildirdi.
«Şerzod Asadovni tajribali, xalqaro taşkilotlar talablarini yaxşi tuşunadigan yetuk kadrlardan biri deb hisoblayman. Öz vaqtida uning bevosita yordamida biz YeXHT va Yevropaning köplab mamlakatlarining söz erkinligi bilan boğliq taşkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yölga qöyib, köplab loyihalarni amalga oşirgan edik.
Öylaymanki uşbu tayinlov faqat yaxşilikka xizmat qiladi. Yuqorida söz erkinligi va oçiqlikning davlat va jamiyat, şuningdek, xalqaro miqyosdagi rolini tuşunadigan yana bitta saviyali odam paydo böldi va bu bilan barça matbuot xodimlarini samimiy tabriklayman. Bizning safimiz yana bitta odamga köpaydi. Şerzod Asadovni oson bölmagan, mas'uliyatli va şarafli vazifa bilan qutlab, unga omad tilab qolaman», deya yozgan u telegramdagi kanalida.












