Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda yo‘l ta’mirlash maqsadida 61 tup daraxt kesib tashlandi
O‘simlik dunyosiga 293 million 700 ming so‘mlik zarar yetkazilgan.
Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanida avtomobil yo‘lini kengaytirish hamda shu yo‘ldagi ko‘prikni rekonstruksiya qilish maqsadida ko‘p yillik manzarali daraxtlar noqonuniy ravishda kesib tashlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Oltinsoy tumanining «Mirshodi» mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lini kengaytirish, «Qora ariq» ko‘prigini rekonstruksiya qilish maqsadida yo‘l yoqalaridagi ko‘p yillik daraxtlarni kesib olish uchun tuman hokimligi ma’sul xodimi tuman Ekologiya bo‘limidan og‘zaki ruxsat so‘ragan.

Biroq, Ekologiya bo‘limi bunga rozi bo‘lmagani, xodimlar hududdagi daraxtlarni xatlovdan o‘tkazgani, ularni noqonuniy ravishda kesish amaldagi qonunchilikka binoan javobgarlikka tortilishini tushuntirgani aytilmoqda.
Shunga qaramasdan, noma’lum shaxslar tomonidan kechqurun 61 tup qimmatbaho navli daraxt (2 tup chinor, 54 tup virgin archasi), 6 tup kam qimmatli daraxt (2 tup terak, 4 tup tol) tag qismi bilan kesib tashlangan.
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasining tezkor guruhi shu kunning o‘zida holat sodir bo‘lgan joyga yetib borib, ma’muriy bayonnoma tuzgan. Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu noqonuniy harakat oqibatida o‘simlik dunyosiga 293 million 700 ming so‘m zarar yetkazilgan.

Holat bo‘yicha Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:00 / 12.06.2026
Surxondaryoda uch yigit suvga cho‘kib o‘ldi
20:37 / 03.06.2026
Surxondaryoda tug‘ilgan to‘rt oyoqli chaqaloq murakkab jarrohlik amaliyotidan o‘tdi
14:58 / 12.05.2026
Sudya yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi
09:15 / 30.04.2026