Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Politico: Ukraina sentabr oyida Abrams tanklarining ilk partiyasini oladi
Birinchi partiya 10 ta tankdan iborat bo‘ladi.
Amerikaning Abrams tanklari Ukrainaga sentabr oyi o‘rtalarida yetib keladi. Bu haqda Politico nashri AQSh mudofaa vazirligiga yaqin bo‘lgan manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Nashrning shaxsini sir saqlashni so‘ragan suhbatdoshlari so‘zlariga ko‘ra, birinchi partiya 10 ta tankdan iborat bo‘ladi. Ayni vaqtda Germaniyada turgan tanklar texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash jarayonidan o‘tmoqda, bu jarayon yakunlanishi bilan zirhli texnikalar Ukrainaga yuboriladi.
AQSh Ukrainaga jami 31 ta Abrams tanklarini berishi reja qilingan. Ittifoqchilar va’da qilingan zirhli texnikalarning barchasini 2023 yil kuzi oxiriga qadar Ukrainaga yetkazishi kutilmoqda.
AQShda Ukrainaga Abrams tanklarini berish masalasida dastlabki gaplar yanvar oyida chiqqandi. May oyida Germaniyada ukrain harbiylarini mazkur tanklarni boshqarishga o‘rgatish boshlandi. Avgust oyida AQSh hukumati ushbu zirhli texnikalarni Ukrainaga yetkazib berish haqida rasman e’lon qildi.
Ukrain harbiylari janglarda allaqachon boshqa zamonaviy tanklar — germaniyaliklar tomonidan ishlab chiqilgan va tayyorlangan Leopard tanklaridan foydalanmoqda.
Mavzuga oid
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026