Eron uranni boyitish jarayonini sekinlashtirmoqda
Eron hozirda 121,6 kg 60 foiz boyitilgan uranga ega.

Foto: AP
Eron uranni boyitish jarayonini 60 foiz darajagacha sekinlashtirdi: uch oy ichida uning zaxiralari bor-yo‘g‘i 7 foizga oshdi. Bu haqda Interfax xabar berdi.
Eron hozirda 121,6 kg 60 foiz boyitilgan uranga ega. Uch oy oldin mamlakatda u 114 kg edi. Shunday qilib, bu vaqt ichida uran miqdori atigi 7 foizga oshdi - bu 2021 yildan hozirgi kungacha bo‘lgan davrda boyitish jarayonining eng kuchli sekinlashuvidir.
Taqqoslash uchun agentlik fevral oyidagi raqamlarni keltiradi, o‘shanda Eronda 87,5 kg 60 foiz boyitilgan uran bo‘lgan. Shunday qilib, fevraldan maygacha yuqori boyitilgan uran zaxiralari 30 foizga oshdi.
AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp 2018 yilda o‘z mamlakatini Eron yadroviy dasturi bo‘yicha Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasidan (JCPOA) bir tomonlama chiqargan edi. Oqibatda, Eronga qarshi sanksiyalar, jumladan, neft sektoriga qarshi sanksiyalar qayta joriy qilindi. Bu esa Tehronni kelishuvning ayrim shartlarini bosqichma-bosqich bekor qilishga undadi. AQSh amaldagi prezidenti Jo Bayden muayyan shartlar ostida kelishuvga qaytishga tayyorligini bildirdi.
Eron, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Fransiya va Rossiya Venada JCPOA kelishuvini tiklash bo‘yicha bir necha muzokaralar o‘tkazdi. Hozircha yakuniy qaror qabul qilinmadi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00
-
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
Jahon | 17:01
-
O‘zbekistonda "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston | 16:42
-
Bola ko‘ziga telefon zararini kamaytirish uchun nima qilish kerak? – oftalmolog javob berdi
O‘zbekiston | 16:22
Mavzuga oid

20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi

16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi

20:49 / 15.05.2025
Tramp AQSh va Eron yadro kelishuviga yaqin ekanini aytdi

12:18 / 15.05.2025