Jahon | 08:29 / 04.09.2023
8255
2 daqiqa o‘qiladi

Sandu: Moldova «Gazprom»dan 800 mln dollar qarz ekani tasdiqlanmadi

Mayya Sandu auditorlik kompaniyasining xulosalarini e’lon qildi. 2021 yilda «Moldovagaz» qarzni to‘lash shartiga ko‘ra «Gazprom» bilan yangi shartnoma tuzdi. Rossiya uning qarzini 709 million dollarga, Moldova esa 590,8 million dollarga baholagan.

Foto: Veniamin Demidetki/TASS/dpa/picture alliance

Moldova hukumati yollagan xalqaro audit kompaniyasi respublikaning «Gazprom» kompaniyasi oldidagi 800 million dollarlik gaz bo‘yicha qarzini aniqlamadi, deya ma’lum qildi prezident Mayya Sandu 3 sentabr, yakshanba kuni Gagauziya «Ayollar uyushmasi» vakillari bilan uchrashuvda. 

«Keyingi hafta hukumatimiz chiqib, biz xalqaro kompaniyani yollaganimizni aytadi, u audit o‘tkazdi va bizning «Gazprom» oldida 800 million dollar qarzimiz yo‘qligini bildirdi. Rossiya muzokarachilari aldamoqchi bo‘lgan», — deya Sanda so‘zlarini keltirgan Moldova OAV. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya kompaniyasi yangi shartnoma imzolashdan oldin to‘rt yil ichida 800 million dollar qarzni to‘lash shartini ilgari surgan. «Biz imzolay olmaymiz, dedik, chunki bu juda katta pul. Bizga: «Sizga gaz berilmaydi», deyishdi», - dedi prezident. 

Moldovaning «Gazprom» oldidagi qarzi 

2021 yilda «Moldovagaz»kompaniyasi Rossiyadan 2026 yilgacha qarzni to‘lash sharti bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomani qayta ko‘rib chiqdi. «Gazprom» uning miqdori 709 million dollar ekanligini da’vo qildi. Moldova Hisob palatasi qarz 590,8 million dollarni tashkil etganini bildirdi. 800 million dollar miqdori ilgari aytilmagan, deb yozadi «Kommersant».

«Moldavskiye vedomosti» nashrining yozishicha, mamlakat hukumati topshirig‘i bilan Norvegiya va Buyuk Britaniyadan kelgan auditorlar respublikaning 30 yillik qarzini baholashi kerak edi. Iyul oyida Moldova energetika vaziri Viktor Parlikov «Moldovagaz» qarzining tashqi auditi haqidagi hisobot yaqin vaqt ichida «Gazprom»ga yuborilishini aytgan edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid