Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Temiryo‘l orqali yuk tashishning yangi qoidalari joriy etiladi
Qoidalar O‘zbekiston hududida temiryo‘llarda yuklar xususiyatlarini inobatga olgan holda harakat xavfsizligini, yuklar va harakatdagi temiryo‘l tarkibi butligini ta’minlashga yo‘naltirilgan.
Transport vazirining buyrug‘i bilan respublika temiryo‘l transportida yuk tashish qoidalari tasdiqlandi. Ular 24.12.2023 yildan kuchga kiradi.
Qoidalar O‘zbekiston hududida temiryo‘llarda yuklarning xususiyatlarini inobatga olgan holda harakat xavfsizligini, yuklar va harakatdagi temiryo‘l tarkibining butligini ta’minlashga yo‘naltirilgan. Hujjat ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida umumiy foydalaniladigan temiryo‘l transportida yuk tashuvlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etishga yo‘naltirilgan.
Yuk tashuvlarini amalga oshirish uchun temiryo‘l tashuvchisi va yuk jo‘natuvchi o‘rtasida tashish shartnomasi tuziladi hamda unga asosan temiryo‘l transporti (tashuvchi) unga ishonib topshirilgan yukni but holda va o‘z vaqtida jo‘natish punktidan belgilangan punktgacha yetkazib berish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi, yuk jo‘natuvchi (yukni oluvchi) esa tashish haqini to‘lash va yukni qabul qilishni ta’minlash majburiyatini zimmasiga oladi.
Temiryo‘l transportidagi yuk tashuvlari bilan bog‘liq hujjatlar, shu jumladan temiryo‘l yukxati, yuklarni tashish buyurtmalari va boshqa hujjatlar elektron shaklda rasmiylashtirilishi mumkin.
Mavzuga oid
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
08:17 / 03.06.2026