Jahon | 09:58 / 28.09.2023
6958
1 daqiqa o‘qiladi

Polsha mamlakatda birinchi AESni qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi

Shartnoma amerikalik mutaxassislarning Pomeraniyadagi atom elektr stansiyasini loyihalash va qurishda ishtirok etishini nazarda tutadi.

Foto: Anadolu Agency

AQShda Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy Amerikaning Westinghouse kompaniyasi bilan Polshada birinchi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma imzolashda ishtirok etdi.

Bu haqda Polsha bosh vaziri matbuot xizmati xabar berdi. 

Kelishuv amerikalik mutaxassislarning Polsha Pomeraniyasidagi atom elektr stansiyasini loyihalash va qurishda ishtirok etishini nazarda tutadi. Polsha tomonida ish avvalroq tegishli ruxsatnoma olgan Polskie Elektrownie Jądrowe kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. 

Moravetskiyning so‘zlariga ko‘ra, AES qurilishi Polshani «Markaziy Yevropa mamlakatlari uchun xavfsizlikni ta’minlovchiga aylantiradi, xuddi bugungi kunda Polsha allaqachon gaz markaziga - gaz bo‘yicha mustaqil davlatga aylanganidek». 

Polshada har birida uchta reaktor bo‘lgan jami uchta atom elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilmoqda, ular barcha energiyaning 30 foizini ishlab chiqaradi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid