O‘zbekiston | 22:10 / 29.09.2023
15987
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga rektor tayinlandi 

Uyg‘un G‘afurov ushbu lavozimda ish boshlaydi. 

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, G‘afurov Uyg‘un To‘lqinovich O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi. 

Qayd qilinishicha, Uyg‘un G‘afurov bundan avval Toshkent islom instituti rektori, shu kunga qadar O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. U tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori hisoblanadi. 

Shu paytgacha, prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Murodovich Komilov bir vaqtda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori vazifasini bajarib kelayotgan edi. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid