Jahon | 18:24 / 11.10.2023
13294
1 daqiqa o‘qiladi

«Titan» batiskafining qoldiqlari topildi

2023 yil 18 iyun kuni suvostida halokatga uchragan «Titan» batiskafi bo‘laklari topildi.

Foto: AP

AQSh qirg‘oq qo‘riqlash xizmati Atlantika okeanida cho‘kib ketgan «Titan» batiskafi qoldiqlarini topdi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.

Kema g‘oyib bo‘lganidan to‘rt oy o‘tib, Shimoliy Atlantika okeani tubidan yangi dalillar topilgani, jumladan, odam jasadi qoldiqlari topilgani aytilmoqda.

Batiskaf qoldiqlari amerikalik mutaxassislar tomonidan tahlil qilinyapti, hodisa yuzasidan tergov davom etmoqda.

2023 yil 18 iyun kuni dengiz tubida suvosti «Titan» batiskafi halokatga uchradi. «Titan» 1912 yilda cho‘kib ketgan «Titanik» qoldiqlariga uyushtirilgan ekspeditsiya paytida g‘oyib bo‘lgan edi. Mashina bortida besh kishi, jumladan, uch nafar sayyoh bor edi. Ularning barchasi halok bo‘ldi.

Mavzuga oid