Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
Departamentga 2019 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Dilshod Rahimov lavozimini tark etdi.
Prezident farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Shamsiddin Sharafidinovich Sohibnazarov Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu lavozimga qadar u departamentning Toshkent shahri boshqarmasi boshlig‘i edi.
U yangi lavozimda Dilshod Rahimovning o‘rnini egalladi.
Rahimov faoliyatini 2010 yilda Bosh prokuratura huzuridagi departamentda boshlab, departament organlarida turli lavozimlarda, 2012 yildan Bosh prokuratura bo‘lim prokurori, katta prokurori, boshqarma katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i, departament boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan, bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi bo‘lgan, 2019 yil yanvarida departament boshlig‘i lavozimini egallagandi.
Ayni vaqtda Rahimovning keyingi faoliyati haqida ma’lumot yo‘q.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024