Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti boşliği tayinlandi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.
Ma'lum bölişiça, Dilşod Faxriyeviç Rahimov Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti boşliği lavozimini egallagan. Şu munosabat bilan u Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti boşliği vazifasini bajaruvçi lavozimidan ozod etildi.
Dilşod Rahimov 1978 yilda tuğilgan, ma'lumoti oliy, huquqşunos. 2002 yilda Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Prokuratura organlaridagi iş faoliyatini 2010 yilda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Departamentda boşlab, Departament organlarida turli lavozimlarda, 2012 yildan Boş prokuratura bölim prokurori, katta prokurori, boşqarma katta prokurori, boşqarma boşliği örinbosari, boşqarma boşliği lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Avval Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti boşliğining birinçi örinbosari lavozimida işlagan. Özbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 2 avgustdagi farmoniga asosan Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti boşliği vazifasini bajaruvçi lavozimiga tayinlangandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti boşliği prezident tomonidan lavozimga tayinlanişi belgilangani xabar qilingandi.

















