Jahon | 11:25 / 25.10.2023
5501
1 daqiqa o‘qiladi

Moldovada Rossiya ommaviy axborot vositalarining 22 sayti bloklandi

Moldova provayderlari VGTRK, RT va boshqa bir qator davlat ommaviy axborot vositalarining veb-saytlarini «darhol bloklash» buyrug‘ini oldi.

Foto: Artyom Geodakyan/Tass/dpa/picture alliance

Moldova Xavfsizlik va axborot xizmati (XAX) Rossiya ommaviy axborot vositalarining 22 internet saytiga kirishni cheklashga qaror qildi. Bu haqda 24 oktyabr, seshanba kuni mahkama saytida e’lon qilingan press-relizda aytiladi

XAX kirishni to‘sib qo‘yishga sabab «harbiy mojaroda bo‘lgan va tajovuzkor davlat sifatida tan olingan mamlakatning davlat organlaridan chiqqan» ma’lumotlarning ushbu manbalar tomonidan tarqatilishi ekanini ta’kidladi. 

Idora allaqachon Moldova provayderlariga VGTRK, NTV, RT, Birinchi kanal, TVs, Ren-TV va Rossiyaning boshqa bir qator davlat ommaviy axborot vositalari veb-saytlarini «darhol bloklash» to‘g‘risida buyruq yuborgan. 

2023 yilning bahorida Moldovada Sputnik agentligining beshta veb-saytiga kirish taqiqlangan edi. U noto‘g‘ri ma’lumot tarqatishda ayblangan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid