O‘zbekiston | 19:54 / 26.10.2023
22173
1 daqiqa o‘qiladi

Dehqonobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Tumanning ko‘p yillik hokimi Zoir Aliqulov Qarshi tumani rahbarligiga o‘tgandi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Bugun, 26 oktyabr kuni xalq deputatlari Dehqonobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimligi matbuot xizmatiga ko‘ra, unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Sessiyada deputatlar Akrom Isomiddinovich Sulaymonov Dehqonobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.

Akrom Sulaymonov 1969 yilda Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. Muqaddam respublika «O‘zmeliomashlizing» davlat unitar korxonasi ijrochi direktori lavozimida ishlagan.

2020 yil noyabrda Shahrisabz shahri hokimi etib tayinlangandi.

Bundan oldinroq, Dehqonobod tumaniga 7 yildan ortiq vaqtdan buyon rahbarlik qilib kelgan Zoir Aliqulov Qarshi tumanining yangi rahbariga aylangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid