Bugun, 26 oktyabr kuni xalq deputatlari Qarşi tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Unda taşkiliy masala körib çiqildi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berişiça, sessiyada deputatlar Zoir Xaliloviç Aliqulovni Qarşi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlaşdi.
Zoir Aliqulov 1979 yilda Qarşi şahrida tuğilgan. Içki işlar akademiyasi, akademiyaning magistratura va oliy akademik kurslarini tamomlagan.
Aliqulov muqaddam Qaşqadaryo viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlaş boşqarmasi boşliği bölgan, 2016 yilning sentabr oyidan buyon Dehqonobod tumani hokimi sifatida işlayotgandi.
2019 yil prezident tomonidan «Sodiq xizmatlari uçun» medali bilan taqdirlangan.
- Qarşi tumaniga bungaça Behzodjon Yusupov rahbarlik qilib kelayotgandi, u 2022 yil fevralida Maqsuda Mustafoyeva örnini egallagandi.












