Xorazmdagi maktablardan birida o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
Kun.uz’ga viloyatning Bog‘ot tumanidagi 2-IDUM o‘qituvchisi o‘quvchi bolani kaltaklagani aks etgan video kelib tushdi. Manbaga ko‘ra, pedagog doimiy ravishda bolalarni shu tarzda urib keladi. MMTV holat sodir bo‘lganini tasdiqlab, mas’ullar tomonidan o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

Foto: Videodan kadr
30 oktyabr kuni Kun.uz’ga Xorazm viloyati Bog‘ot tumani 2-ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining pedagogi deyilayotgan shaxs tomonidan o‘quvchi bolani kaltaklayotgani aks etgan video yuborildi. Unda xorazmlik o‘qituvchi bolaga “sen kimsan?” deya avval ko‘ksiga, keyin orqasiga urganini, so‘ng bir siltab yiqitganini ko‘rish mumkin. Video yuborgan manbaga ko‘ra, o‘qituvchi doimiy ravishda bolalarni shu tarzda kaltaklab keladi.
Tahririyat holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova bilan bog‘landi. Sobirova bu holat avval bo‘lmaganini, haqiqatan ham 30 oktyabr sanasida sodir bo‘lganini tasdiqladi.
Hozirda 2-IDUMdagi vaziyat Xorazm maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rganilmoqda. O‘rganish yakuniga yetgach batafsil ma’lumot berilishi ma’lum qilindi.
Maktablarda o‘quvchilarning o‘qituvchi yoki aksincha ustozlarning o‘quvchilar yoki boshqa shaxslar tomonidan kaltaklanishi avval ham kuzatilgan.
Xususan, 2022 yilning oktyabrida Namanganda o‘quvchi sinfdoshi bilan urushib darsga xalal bergani uchun o‘qituvchi bolani kaltaklagandi. Keyin unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
O‘sha yili noyabr oyida esa Buxoro viloyatidagi maktablardan birida darsda o‘qituvchi berilgan vazifani tekshirish davomida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ayovsiz urgandi.
2023 yil aprel oyida esa Surxondaryoning Uzun tumanidagi 31-maktabda ikki ayol o‘qituvchi erkak hamkasbi tomonidan do‘pposlangandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi oradan 4 kun o‘tib, video internetda tarqalganidan keyin qo‘zg‘atilgandi va mushtumzo‘r qo‘lga olingandi.
Shu yil mayda poytaxtning Chilonzor tumanidagi 178-maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchining onasi tomonidan kaltaklangandi. Holatga bolalarning o‘zaro janjali va ta’lim muassasasidagi yig‘-yig‘lar sabab bo‘lgani aytilgandi.
Iyunda Toshkentning Uchtepa tumanida o‘qituvchi o‘quvchisining yaqinlari tomonidan kaltaklanib, janjalda maktab mulkiga zarar ham yetkazilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "PSJ" "Inter"ga javobsiz 5ta gol urib, o‘z tarixida ilk bor musobaqa g‘olibi bo‘ldi
Sport | 01:49
-
Mashhurlar ishtirokidagi futbol turnirida janjal uyushtirganlardan biri 10 sutkaga qamaldi
Sport | 01:30
-
“G‘arbiy Sibirni o‘zbeklar boshqargan” – tahlilchilar Rossiyada ko‘tarilgan shov-shuv haqida
Jahon | 22:40 / 31.05.2025
-
Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi
Fan-texnika | 22:02 / 31.05.2025
Mavzuga oid

15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi

14:20 / 14.05.2025
Bog‘otdagi hodisa: aslida nima bo‘lgan?

09:41 / 14.05.2025
Xorazmdagi uylardan biriga asteroid tushgani rad qilindi

12:17 / 07.05.2025