Surxondaryodagi maktabda 2 ayol o‘qituvchi do‘pposlandi, mushtumzo‘r qo‘lga olingan
Maktab direktorining xonasidagi yig‘ilishda erkak 2 nafar ayol o‘qituvchini urib, do‘pposlagani aks etgan video tarqaldi. Rasmiy munosabatga ko‘ra, holat Uzun tumani 31-maktabda sodir bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda 18 aprel kuni Surxondaryodagi maktabda 2 nafar ayol o‘qituvchi bir erkak o‘qituvchi tomonidan do‘pposlangani aks etgan videoyozuvlar tarqaldi.
Unda bir guruh xodimlar ishtirokida majlis ketayotgani va suhbat orasida bosh kiyim (ko‘k rangli kepka) kiyib olgan bir erkak ro‘molli ayolga daftar yoki kitobni uloqtirganini, so‘ng ura ketgani aks etgan. Shundan keyin guvohlar tomonidan ajratilgan erkak xonadan chiqib, yana qaytib kirgan va eshik yonida turgan yana bir ayolga, so‘ng yana ro‘moldagisiga musht tushirgan.
Kun.uz holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati bilan bog‘landi. Vazirlik matbuot kotibi Dilfuza Sobirovaning aytishicha, o‘qituvchilarga nisbatan zo‘ravonlik aks etgan bu holat Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi 31-maktabda sodir bo‘lgan.
Bosh prokuratura ham holatni o‘rgangani va gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangani haqida rasmiy bayonot berdi. Unga ko‘ra, holat 2023 yil 14 aprel kuni soat 12:00 larda sodir bo‘lgan.
«Uzun tumanidagi 31-sonli o‘rta ta’lim maktabining direktor xonasida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda 34 yoshli erkak (o‘qituvchi) ikki nafar ayol o‘qituvchi bilan janjallashib, ularga tan jarohati yetkazgan», deyiladi rasmiy izohda.
Holat yuzasidan 18 aprel kuni Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kiyev yana bir F-16 qulagani va uchuvchi halok bo‘lganini tasdiqladi
Jahon | 18:08
-
Tojikistonda zilzila vaqtida uch yoshli bola halok bo‘ldi
Jahon | 17:43
-
Amerikada yakkahukmronlik: demokratlar shunchalik zaifmi?
Jahon | 17:24
-
Tramp yil davomida 1 mln migrantni AQShdan deporatatsiya qilishni rejalashtirmoqda - WP
Jahon | 17:17
Mavzuga oid

21:44 / 04.04.2025
“Gulzor qilib qo‘ygandi, endi u yo‘q” – Surxondaryoda 200 tup daraxt yo‘q qilingani aytilmoqda

16:33 / 12.03.2025
Surxondaryoda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi: 6 bola va nogiron er qarovsiz qoldi

12:27 / 11.03.2025
Boysunda YTH oqibatida 8 yoshli qiz halok bo‘ldi

12:40 / 23.02.2025