Kun.uzʼga kelib tushgan ma’lumotda o‘qituvchining kaltaklanish holati Chilonzor tumanidagi 178-maktabda sodir bo‘lgani aytiladi. Mazkur holat maktabning 4-sinf rahbar o‘qituvchisi va shu sinfda o‘qiydigan qizning onasi o‘rtasida yuzaga kelgan. Mojaro 1 may kuni o‘quvchi qizlarning o‘zaro tortishuvidan boshlangan.

«Maktabda 4 nafar o‘quvchi qiz o‘rtasida janjal bo‘lgan. O‘zim janjalda qatnashmaganman, bu qizlarning onasi ham emasman. Lekin bir qizcha boshqa qizlarni tajovuzkorlik ruhida urgan va ruhiy bosim o‘tkazgan. Janjaldan keyin birinchi kuni onasi kelgan», – deydi shu sinf o‘quvchilaridan birining onasi. 

«1 may, dushanba kuni bolalar maktabga kelib, darsda o‘tirgan bo‘lgan. Bir ona farzandining ortidan kelib, o‘quvchilarning ko‘z o‘ngida o‘qituvchi bilan to‘polon qilib ketgan. O‘qituvchini haqoratlab, so‘kib, chiqib ketgan. 

Bu voqeani o‘qituvchi ota-onalarga aytib berganidan so‘ng biz maktab direktorining oldiga keldik. Lekin chora ko‘rishmadi, shekilli, o‘sha ona chorshanba kuni bolalarni uyiga kuzatayotgan vaqtida pedagogni urib ketgan», deydi yana bir ona. 

O‘zaro urishib qolgan o‘quvchi qizlarning onalaridan biri esa darsdagi janjaldan keyin farzandining ahvoli yomon bo‘lib qolganini, shu sabab bir qancha ota-onalar direktorning oldiga kirishganini aytdi.

«Seshanba kuni maktab direktorining oldiga kirib, «amaliy yordam ko‘rsating» – bizga deganimizda, «hammasini tinchlik bilan hal qilinglar», – deyishdan uyog‘iga o‘tmadilar. Hatto, sinf rahbariga ham yordam bermay, «Manzura, bundan besh battar bo‘lgan», deyaverdilar. 

Keyin men o‘zim ona bilan aloqaga chiqdim, «sinf rahbarini aralashtirmay, shu o‘quvchining onasi qayerda deb yozsangiz, yetib borardim. Bu bolalarning o‘rtasida bo‘ladigan narsa, kim urishmay katta bo‘lgan?!» dedim. Keyin u ona: «mening bolamni seniki doim urar ekan, seniki bir marotaba kaltak yesa, hech narsa qilmaydi», – dedi. 

Bolalar urishib-talashib, katta bo‘lishadi. Aslida onalarning aralashishga haqqi yo‘q. Dushanba kuni janjal bo‘lgan bo‘lsa, seshanba kuni hamma gaplashib o‘tiribdi. Nima keragi bor? Dushanba kuni kelib o‘qituvchini haqorat qilganlar, seshanba kechki vaqt kelib yana haqorat qilganlar, chorshanba kuni esa urib ketganlar. Bu rejalashtirilganmi, bilmayman. Sinf rahbariga nisbatan qandaydir g‘arazlari bo‘lgan-da», –