Kun.uz tahririyatiga Buxoro şahrida joylaşgan 4-sonli maktabning boşlanğiç sinf öqituvçisi öquvçilarini kaltaklayotgani aks etgan video kelib tuşdi.

Uç daqiqalik videoda köriş mumkinki, öqituvçi berilgan vazifani tekşiriş davomida 3-D sinf öquvçilarini ayovsiz kaltaklagan. Manbaning aytişiça, pedagog bu işni birinçi marta qilayotgani yöq, bu holat har darsda takrorlanadi.

«Ota-onalar bundan şikoyat qilib öqituvçilar bilan ham gaplaşişgan, ammo öqituvçi heç kimning qölidan heç narsa kelmasligini aytgan», – deydi manba.

Bundan taşqari, pedagog bolalarni pul topib keliş uçun darsdan çiqarib yuborayotgani ham aytilmoqda.

Sönggi vaqtlarda Özbekistonda şu kabi bir neça holat kuzatildi. Xususan, şu yil oktyabr oyida Namangan viloyatida öqituvçi öquvçini kaltaklagandi. Keyinroq esa unga jinoyat işi qözğatilgandi.

Aprel oyida esa Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida 4-maktabning ingliz tili fani öqituvçisi 9-sinf öquvçisini dars maşğulotlariga tayyorgarlik körmay kelgani uçun urib, tepgani ma’lum bölgandi.