Jahon | 14:41 / 22.11.2023
4738
2 daqiqa o‘qiladi

BMT: Ukrainada 10 mingdan ortiq tinch aholi halok bo‘ldi

BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi tomonidan hujjatlashtirilgan Ukrainadagi urushda tinch aholi qurbonlari soni 10 ming kishidan oshdi. Ushbu raqam aslida yanada ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Foto: Valentyn Ogirenko/REUTERS

Ukrainadagi keng ko‘lamli urush natijasida, BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, allaqachon 10 mingdan ortiq tinch aholi halok bo‘lgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissarligi boshqarmasi (IHOKB) Jyenevadagi idorasi seshanba kuni ularning yarmiga yaqini jangovar hududlardan tashqarida o‘ldirilganini ma’lum qildi.

Xususan, ko‘p sonli tinch aholi urush boshida, Mariupol uchun shiddatli janglar paytida qurbon bo‘ldi, deyiladi bayonotda.

Halok bo‘lgan tinch aholining katta qismi - havo hujumlari qurbonlari

BMT monitoring missiyasi rahbari Daniel Bell 10 ming tinch aholi qurbonlari sonini Ukraina uchun «qayg‘uli davr» deb atadi. Bell so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lgan tinch aholi vakillarining aksariyati - Ukraina shaharlariga havo hujumlari qurbonlari.

Urushda qurbon bo‘lganlar haqida ma’lumot to‘plash uchun o‘nlab xodimlarini mamlakatga yuborgan tashkilotga ko‘ra, Ukrainadagi tinch aholi orasida qurbonlar haqiqiy soni ancha yuqori bo‘lishi mumkin. BMT faqat urush paytida halok bo‘lganlar haqidagi hujjatlashtirilgan ma’lumotlarni e’lon qiladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid