Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya qo‘shini Baxmut atrofida yurish boshladi. Urush suratlari
Ukrainada urushning 638-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- NATO Rossiya bilan urush kelib chiqadigan taqdirda qo‘shinlar harakati osonroq kechishini ta’minlash uchun «harbiy Shengen» joriy etishni taklif qildi. Hozirda NATO qo‘shinlarining Yevropa bo‘ylab harakatiga jarayon haddan tashqari byurokratiya to‘siq bo‘ladi.
- Rossiya qo‘shini Xerson oblastining Chernobayivka qishlog‘ini kassetali o‘q-dorilar bilan o‘qqa tutdi. Uch kishi halok bo‘lgan, besh kishi yaralangan. Ukraina tomoni bu hujumni qishloq ma’muriyati Ukraina QK jangchisining dafn marosimi haqida e’lon bergani bilan bog‘lagan.
- Ukraina qo‘mondonligi ma’lumotiga ko‘ra, RF armiyasi Avdiyivka shturmining uchinchi to‘lqinini boshlagan, ammo UQK «mudofaani qat’iyat bilan ushlab turibdi». Ukraina harbiylariga ko‘ra, Rossiya jonli kuch va texnika borasida katta yo‘qotishlarga uchramoqda.
- «Vajniye istorii» jurnalistlari aniqlashicha, «Spravedlivaya Rossiya» partiyasi rahbari Sergey Mironov va uning rafiqasi Xerson oblastidan olib chiqilgan bir yoshli qizchani asrab olishgan. Mironov buni rad etdi.
- «Rossiya 24» telekanalining asli o‘zbekistonlik bo‘lgan korrespondenti Boris Maksudov Zaporijjya oblastida dron zarbasi oqibatida halok bo‘ldi.
Kun kadri. Ukrain ko‘ngillilarining zarbaga uchragan mikroavtobusi
Mykyta Shandyba / AP / Scanpix / LETA
Baxmut va atrofining yuqoridan ko‘rinishi
Ukraina milliy gvardiyasining «Rubej» nomli 4-brigadasi ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya qo‘shini «qutura boshlagan»: Ukraina qurolli kuchlari pozitsiyalariga bosim oshirilmoqda, rus askarlarining chekinish yo‘llari minalashtirilib, jazo otryadlari (qochgan askarlarni o‘qqa tutuvchi guruh) faol qo‘llanmoqda. Ukrainalik harbiylar esa pozitsion mudofaaga o‘tgan.
Ukraina qurolli kuchlarining Donbassdagi pozitsiyasi
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
VGTRKning o‘ldirilgan «harbiy muxbiri» xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlik
Maksim Shipenkov / EPA / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
10:25 / 08.06.2026
Zelenskiyning maktubi: diplomatik qadammi yoki strategik zarbami?
15:21 / 07.06.2026
Ukraina armiyasi Qrimga olib boruvchi trassani o‘lim yo‘liga aylantirdi
10:05 / 07.06.2026