Jahon | 11:54 / 24.11.2023
7165
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik jurnalist Boris Maqsudov Ukrainada halok bo‘ldi

«Rossiya 24» telekanali muxbiri bosib olingan Zaporijjyadan   reportaj tayyorlayotganda jiddiy jarohat oldi.

Foto: RIA Novosti

«Rossiya 24» telekanalining harbiy muxbiri Boris Maqsudov Zaporijjyaning bosib olingan qismidagi Mirniy qishlog‘i yaqinida yaralanib vafot etdi, deb xabar bermoqda rus tilidagi OAV va Telegram-kanallar 23 noyabr, payshanba kuni.

Qayd etilishicha, Maqsudov 22 noyabr kuni 503-motoo‘qchilar polkida reportaj olib borayotgan vaqtda drondan portlovchi moslama tushishi oqibatida jarohatlangan. Baza Telegram-kanali xabariga ko‘ra, muxbir ko‘plab jarohatlar olgan va oyoq-qo‘llari singan, barmoqlari uzilib ketgan. U hujumdan keyingi kun vafot etdi.

22 noyabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Boris Maqsudovning yaralangani haqida xabar berib, u «zudlik bilan tibbiy muassasaga evakuatsiya qilingani» va «hayotiga hech qanday xavf yo‘qligini» bildirgan. Rossiya vazirligi voqea uchun aybni ukrainalik harbiylarga yukladi, unga ko‘ra, ular «Ukraina Qurolli kuchlarining Zaporijjya viloyati hududlarida aholi punktlarini o‘qqa tutishi haqida material tayyorlayotgan bir guruh rossiyalik jurnalistlarga uchuvchisiz uchish apparati bilan zarba berdi».

Ukraina tomoni voqea yuzasidan izoh bermadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid