O‘zbekiston | 14:08 / 30.11.2023
6290
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda davlat mulki yangi tartibda sotiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan davlat mulklarini sotish bo‘yicha tartib tasdiqlandi. Bu haqda Norma xabar berdi. 

Vazirlar Mahkamasi 27 noyabr kuni Qoraqalpog‘istondagi davlat mulki obektlarini elektron tanlov asosida eng yaxshi taklif bildirgan talabgorga investitsiya kiritish majburiyatlari bilan sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi.

Endilikda ommaviy savdolarga chiqarilgan davlat mulki obektlari 3 oy muddatda sotilmasa, ular «E-auksion» elektron savdo platformasida tanlov asosida eng yaxshi taklif bildirgan talabgorga investitsiya kiritish majburiyatlari bilan sotiladi.

Hujjatda quyidagi tartib belgilanadi:

  • davlat mulki obektlari bo‘yicha investitsiya majburiyatlari miqdorini aniqlash tartibi;
  • tanlov natijalarini rasmiylashtirish va davlat mulki obektini sotish bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasini tuzish tartibi.

Davlat mulkini sotish uchun tanlovni tashkil etishda quyidagilar majburiy ravishda ko‘rsatiladi:

  • investitsiya miqdori;
  • investitsiya kiritish muddati;

davlat mulki obektinining yangi boshlang‘ich narxi miqdori.

Hujjat 2023 yilning 28 noyabridan e’tiboran kuchga kirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid