Jahon | 00:22 / 12.12.2023
17781
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil HAMAS harakati qulash arafasida ekanini ma’lum qildi

Isroil G‘azo sektorida burilish davri yaqinlashayotganini ta’kidlamoqda.

Foto: RIA Novosti

Falastinning HAMAS harakati qulash arafasida, dedi Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant.

Uning aniqlik kiritishicha, Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL) G‘azo sektori shimolidagi amaliyotda burilish nuqtasiga yaqinlashmoqda. Vazirning aytishicha, isroillik harbiylar anklav shimolidagi harakatning so‘nggi tayanch nuqtalarini o‘z nazoratiga olmoqda.

«Biz hamaschilarning Jabaliya va Shujayyadagi so‘nggi istehkomlarini vayron qilmoqdamiz... Ular qulash arafasida», dedi u.

Gallant HAMAS qo‘mondonlarini taslim bo‘lishga va hayotini saqlab qolishga chaqirdi.

«Qo‘mondonlarni taslim bo‘lishga va hayotini saqlab qolishga chaqiraman. HAMAS boshlig‘i Yahyo Sinvar va har bir qo‘mondonning taqdiri bir xil – taslim bo‘lish yoki o‘lish. Uchinchi variant yo‘q», dedi u.

Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu mojarolar chog‘ida HAMAS o‘z mavqeini tezda yo‘qotayotganini aytgan edi. «Harakat jangchilari qurollarini tashlab, tez-tez taslim bo‘lmoqdalar», dedi u.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid