O‘zbekiston | 12:27 / 20.12.2023
7683
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda talabalar o‘rtasida intellektual olimpiada bo‘lib o‘tyapti

20 dekabr kuni “Zakovat arena”da oliy ta’lim muassasalarining talabalari o‘rtasida intellektual olimpiadaning yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Olimpiadada 135 ta OTM ishtirok etib, shulardan eng kuchli 50 ta OTM jamoalari (550 nafar talaba) 4 kun (17-20 dekabr) davomida musobaqaning respublika bosqichida 6 ta yo‘nalishda - “Zakovat”, “Breyn-ring”, “Erudit-kvartet”, “Shaxsiy o‘yin”, shaxmat va shashka o‘yinlari bo‘yicha bellashuv olib bordi va “Breyn-ring”dan tashqari barcha yo‘nalishlarda g‘oliblar nomiga oydinlik kiritildi.

Taqdirlash marosimi doirasida “Breyn-ring” o‘yini finalini o‘tkazish hamda barcha yo‘nalishlarda g‘alaba qozongan talabalarni taqdirlash, shuningdek umumjamoa hisobida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan OTMga prezident sovg‘asini topshirish rejalashtirilgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid