Jahon | 07:19 / 27.12.2023
14571
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Peterburgda Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

26 dekabr kuni Sankt-Peterburg shahridagi MDH norasmiy sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 5-7 oktyabr kunlari Rossiyaga amalga oshirilgan oliy darajali tashrif yakunida erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tovar ayirboshlashning o‘sish sur’atini saqlab qolish hamda istiqbolli kooperatsiya loyihalarini ilgari surish maqsadida yaqin idoralararo muvofiqlashuv va amaliy hamkorlikni, shu jumladan ikki mamlakat hududlari darajasida ta’minlash muhimligi qayd etildi.

Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid