Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tataristonda migrantlarni nazorat qiluvchi maxsus agentlik tashkil etiladi
U mintaqadagi migrantlar faoliyatini amaldagi norma va qonunlar doirasida tartibga solish bilan shug‘ullanadi.
Rossiya tarkibiga kiruvchi Tatariston rahbari Rustam Minnixanov respublikada chet el fuqarolari bilan bog‘liq masalalarni nazorat qiluvchi maxsus organ tashkil etishni buyurdi. U millatlararo va konfessiyalararo munosabatlar bo‘yicha kengash yig‘ilishida shunday taklif bilan chiqdi, deb yozdi «Kommersant».
Minnixanovning ta’kidlashicha, Tatariston bugungi kunda yirik sanoat markazi hisoblanadi va «o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni migrantlarsiz bajara olmaydi».
«Ammo shu bilan birga, ularning Tataristondagi faoliyati amaldagi norma va qonunlar doirasida tartibga solinishi kerak. Bizda bu masalaga yechim topadigan organ bo‘lishi kerak», dedi respublika rahbari.
Minnixanov faqat «takliflar kiritishni buyurdi». Ularni Tatariston bosh vaziri Aleksey Pesoshin va ma’muriyat rahbari Asgat Safarov ko‘rib chiqishi kerak. Yangi organni yaratish uchun hech qanday muddat belgilanmagan.
Rustam Minnixonov, shuningdek, «xalqaro tajribani ko‘rib chiqishni» taklif qildi.
«Migrantlar ijtimoiylashuvi, ular o‘zini qanday tutish kerakligini tushunishi kerak», deb ta’kidladi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, «ularni yollagan korxona buning uchun javobgar bo‘lishi kerak».
Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda mehnat migratsiyasi muammolari bilan shug‘ullanuvchi maxsus organ yaratishga chaqirgan edi.
Mavzuga oid
17:36 / 24.06.2026
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda migrantlar uchun markaz tashkil etishi mumkin - OAV
21:39 / 22.06.2026
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan komissiya undirish taklif etildi
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
22:29 / 13.06.2026