Rossiya prezidenti Vladimir Putin 14 dekabr kuni bölib ötgan töğridan-töğri muloqot çoğida mamlakatda mehnat migratsiyasi muammolari bilan şuğullanuvçi maxsus organ yaratişga çaqirdi.
«Bizga bu muammoni tölaqonli körib çiqadigan va har bir jihatiga tezkorlik bilan yeçim topadigan maxsus organ kerak. Bu juda köp iş, lekin men barça yönaliş va darajadagi hokimiyat vakillarining e’tiborini bunga qaratmoqçiman, birinçi navbatda, biz mahalliy aholi manfaatlarini hisobga olişimiz kerak — Rossiya fuqarolarini», dedi Putin.
Uning sözlariga köra, migrantlar kelayotgan davlatlar bilan oldindan iş olib boriş kerak.
«U yerda rus tili maktablari, universitetlarimiz filiallari oçilmoqda. Öqituvçilarni yuborişimizni, bu dasturlarni kengaytirişimizni, darslik jönatişimizni talab qilişmoqda. Ammo migrantlar Rossiya xalqlarining qonunlari va an’analarini hurmat qilişi kerak. Hokimiyat ularni nazorat qilişi va qonunbuzarliklarga zudlik bilan barham berişi kerak», dedi u.
Şu bilan birga, migrantlarga insonparvar şaroit yaratiş zarurligini ham ta’kidladi.
«Bu odamlarni, bolalarni, migrantlarning turmuş örtoğini butunlay taşlab qöysak yaxşi böladimi? Bu nimaga aylanadi? Biz ularga ta’sir qilganimiz ma’qul», dedi Putin.
Uning ortidan Rossiya Davlat Dumasi vitse-spikeri Irina Yarovaya migratsiya masalalari böyiça fraksiyalararo işçi guruh tuzilganini ma’lum qildi. Uning tarkibiga nafaqat Davlat Dumasi fraksiyalari, balki ijro etuvçi hokimiyat va huquqni muhofaza qiluvçi organlar vakillari ham kiradi.
Işçi guruh migratsiyaning asosiy muammoli masalalariga qöşimça yeçimlar topadi. Irina Yarovaya fikriça, bu masalalar nafaqat huquqni muhofaza qiliş organlari nuqtai nazaridan, balki iqtisodiy talablar va ijtimoiy muvozanat bilan boğliq holda yondaşişni talab qiladi.
«Migratsiya masalasini siyosiylaştirib, agressiv darajaga olib çiqmaslik kerak. Bu juda nozik mavzu, u Rossiya iqtisodiy rivojlanişi zaruratidan kelib çiqib, professional nuqtai nazardan körib çiqilişi kerak», dedi Yarovaya.
Mutaxassislarning fikriça, bugungi kunda migrantlarni işga qabul qilayotgan Rossiya korxonalari ularning rus tilini yaxşi bilmasligi, ta’lim darajasi va kasbiy mahorati pastligi, milliy xulq-atvorning öziga xos xususiyatlari, umumiy madaniyatning yetarli darajada emasligi, boşqa şaroitlarga moslaşişda qiyinçiliklar kabi muammolarga duç kelmoqda.

















