Jahon | 16:36 / 27.12.2023
16305
7 daqiqa o‘qiladi

Xarkivda yangi mudofaa chizig‘i va Donbassdagi merganlar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 671-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina qurolli kuchlari Feodosiyada «Novocherkassk» yirik desant kemasi yo‘q qilingani haqida xabar berdi. Rossiya mudofaa vazirligi kemaga hujum faktini tasdiqlagan korabl va ukrainlarning raketa uchirgan ikki samolyoti urib tushirilganini ma’lum qilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda hujum oqibatida butkul yakson etilgan kema qoldiqlari suratlari tarqalgan. 33 nafar dengizchi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
  • RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu «maxsus harbiy amaliyot»ning 2023 yildagi asosiy maqsadi ukrainlarning qarshi hujumini bardod qilish bo‘lganini va bu vazifa bajarilganini ma’lum qildi.
  • Ukraina Oliy radasiga safarbarlik qoidalarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi. Unga ko‘ra, chaqiruv qog‘ozini elektron shaklda yetkazish, harbiy xizmatdan bo‘yin tovlovchilarning huquqlarini cheklash ko‘zda tutilgan.
  • Ukraina QK bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy ukrain harbiylari Donetsk oblastining Maryinka shahridan chekinganini tasdiqladi. Rossiya ushbu shahar egallangani haqida 25 dekabr kuni e’lon qilgan, ukrain tomoni bu ma’lumot «to‘g‘ri emasligi»ni bildirgandi.
  • Turkiya parlamentining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi Shvetsiyaning NATOga a’zoligini qo‘llab-quvvatladi. Endi protokol butun parlament tomonidan tasdiqlanishi kerak, ammo ovoz berish kuni hozircha aniq emas. Turkiya bir yarim yildan oshiq vaqt davomida Shvetsiyaning alyansga qabul qilinishiga qarshi bo‘lib kelayotgandi.

Ukraina qurolli kuchlarining Xarkiv ostonasidagi mudofaa liniyasi

Rossiya qo‘shini Xarkiv oblastida yurish qilishda davom etmoqda. Buni sekinlashtirish uchun so‘nggi oylarda ukrain harbiylari bu yo‘nalishda yangi mudofaa chizig‘ini barpo etishdi — 19 dekabr kuni yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Volodimir Zelenskiy uni butun Ukrainadagi «eng kuchli» mudofaa chizig‘i deb atadi. Mudofaa chizig‘i temir beton boshpanalar, «ajdarho tishlari», tankka qarshi ariqlar, blindajlar va boshqa mudofaa istehkomlaridan tarkib topgan.

Ukrainalik harbiy Xarkiv oblastidagi front chizig‘ida «ajdarho tishlari» va simto‘siqlar yoqalab ketmoqda
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Mudofaa chizig‘ida «ajdarho tishlari» o‘rnatayotgan ishchilar
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Front chizig‘i yaqinida yo‘lda zirhli texnikada ketayotgan ukrainalik jangchilar 
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina QK 4-alohida tank brigadasi jangchilari Kupyansk yaqinida 2S1 «Gvozdika» o‘ziyurar gaubitsasidan Rossiya pozitsiyalarini o‘qqa tutmoqda
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkiv oblastidagi aholi yashash manzillaridan biridagi oziq-ovqat do‘konining o‘q izlari qolgan vitrinasi
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Donetsk oblastidagi ukrain merganlari

Ukrainalik mergan Donetsk oblastidagi front chizig‘i yaqinidagi vaqtinchalik bazada (aynan qayerligiga — aniqlik kiritilmagan)
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Shamol tezligini o‘lchayotgan mergan
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Urush boshida halok bo‘lgan ukrain askarining dafn marosimi 

Ivano-Frankovsk oblastining Verxovina posyolkasida o‘g‘li Vasiliy Boychukning tobutini quchayotgan Anna Boychuk. Vasiliy Ukraina QK 137-dengiz piyodalari alohid batalyonida matros va parashyut taxlovchi bo‘lgan. U qariyb bir yil mobaynida bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida bo‘lgan, endi esa DNK-test orqali u 2022 yil 17 martida Mikolayiv yaqinidagi jangda halok bo‘lgani aniqlandi — u o‘shanda 21 yoshda bo‘lgan. 26 dekabr kuni Boychukni o‘zi tug‘ilgan qishloqda dafn etishdi
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Ukrainada Rojdestvo

Kiyevliklar Mixaylovsk soborida rojdestvo ibodatida. Bu yil Ukraina ilk bor Rojdestvoni 7 yanvar emas, 25 dekabr kuni — Grigorian taqvimi bo‘yicha nishonlamoqda
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Zelenchuklar oilasi Ukraina g‘arbidagi Ivano-Frankovsk oblasti Krivorivnya qishlog‘ida rojdestvo ujinidan oldin ibodat qilmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Zaporijjya oblastining front bo‘yidagi Gulyaypile shahrida archani suratga olayotgan mahalliy aholi vakili
Kateryna Klochko / EPA / Scanpix / LETA
Ukraina QK 93-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi harbiylari Donetsk oblastidagi front chizig‘ida Rojdestvo ibodati vaqtida
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
Avdiyivka yaqinidagi pozitsiyada archani MK-19 granatomyoti lentasi bilan bezayotgan ukrain askarlari
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Ukraina QKning Baxmut yaqinidagi harbiy bazasida bolalar chizgan suratlar o‘rnatilgan stendda sovg‘alar uchun ilingan paypoqlar
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Ukraina QK 4-alohida tank brigadasi jangchisi Kupyansk yaqinidagi front chizig‘ida Rojdestvo ibodatida
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Zaporijjya oblastidagi ukrain artilleriyachilari

Hududiy mudofaa kuchlarining 127-alohida brigadasi 228-alohida batalyoni harbiy xizmatchilari Zaporijjya oblasti hududida S-60 zenit-artilleriya kompleksidan o‘t ochmoqda. Hozirda bu yo‘nalishda, Rabotine va Verbove qishloqlari atrofida shiddatli janglar olib borilmoqda.
Yakiv Liashenko / EPA / Scanpix / LETA

Horlivka o‘qqa tutilishi oqibatlari

 

Ukrainlar Horlivkani o‘qqa tutishidan keyin vayron bo‘lgan «Galaktika» savdo markazi yaqinidagi qutqaruvchilar. Ukraina QK 2014 yildan buyon RF nazorati ostida bo‘lgan bu shaharga 24 dekabr kuni kechqurun zarba yo‘llagan. Shaharning Rossiya ta’siridagi ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, ukrain qo‘shini kassetali o‘q-dorilar, shuningdek stvolli va reaktiv artilleriya qo‘llagan. Ukraina tomoni hujum yuzasidan izoh bermadi.
AFP / Scanpix / LETA

 

Vayron bo‘lgan savdo markazidagi o‘t o‘chiruvchi. Zarba vaqtida binoda mahalliy aholi vakillari bo‘lishgan: savdo markazi xodimi va uch nafar mijoz jarohatlangan
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Horlivkadagi savdo markazi o‘qqa tutilishidan keyin yonib ketgan avtomobil
AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid