Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariya va Ukraina global tinchlik sammitini o‘tkazadi
Shveytsariyada Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan tartibga solish bo‘yicha beshinchi konferensiya tashkil etilayotgani haqida prezidentlar Viola Amherd va Volodimir Zelenskiy Bernda ma’lum qildi. Unga Ukraina hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar taklif etiladi.
Shveytsariya va Ukraina global tinchlik sammitini tashkil qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda ikki davlat prezidentlari Viola Amherd va Volodimir Zelenskiy 15 yanvar, dushanba kuni Bernda ma’lum qildi. Tomonlar yaqin vaqt ichida ushbu tadbirga tayyorgarlikni boshlash niyatida. Sammitning aniq sanasi hozircha ma’lum qilinmagan.
Ukraina rahbari uchrashuvga Ukrainaga hujum qilishda davom etayotgan Rossiyani taklif qilish rejasi yo‘qligini aniq aytdi. Unga Ukraina hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlovchi barcha davlatlar taklif etiladi, dedi u. Zelenskiy Telegram’da har ikki davlat jamoalari 16 yanvar kuni Shveytsariyada bo‘lib o‘tadigan global tinchlik sammitiga tayyorgarlikni boshlashini aytdi.
Ukraina bo‘yicha beshinchi konferensiya
Shveytsariyadagi tinchlik sammiti 2023 yilda Daniya, Saudiya Arabistoni va Maltada, shuningdek, 2024 yil 14 yanvarda Davosda bo‘lib o‘tgan Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha to‘rtta konferensiyaga o‘xshash formatda o‘tkaziladi.
Davos konferensiyasida 83 davlat va xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etdi. Unda Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan tartibga solish bo‘yicha Kiyev rasmiylari tomonidan tuzilgan o‘n bandlik rejada keltirilgan asosiy talablar muhokama qilindi. Xususan, Rossiya qo‘shinlarini Ukraina butun hududidan olib chiqib ketish, rossiyalik harbiy jinoyatchilarni jazolash va Rossiya tomonidan yetkazilgan zarar uchun tovon to‘lash ko‘zda tutilgan. Xitoy konferensiyada ishtirok etmadi, ammo prezident Zelenskiyning idorasi Pekinni tinchlik jarayoniga jalb qilish istagini bildirgan.
Berndan Volodimir Zelenskiy Davosga keladi va u yerda Jahon iqtisodiy forumida ishtirok etadi.
Mavzuga oid
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
10:25 / 08.06.2026
Zelenskiyning maktubi: diplomatik qadammi yoki strategik zarbami?
15:21 / 07.06.2026
Ukraina armiyasi Qrimga olib boruvchi trassani o‘lim yo‘liga aylantirdi
10:05 / 07.06.2026