Jahon | 16:36 / 06.02.2024
13159
4 daqiqa o‘qiladi

Xarkiv oblastidagi vayronalar va frontdagi azovchilar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 712-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Volodimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyni iste’foga chiqarish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotganini tasdiqladi.
  • «Ukrainskaya pravda» manbasi tasdiqlashicha, Zelenskiy Zalujniy bilan birgalikda Ukraina QK bosh shtabi boshlig‘i Sergey Shaptalani ham lavozimdan ozod etishni rejalashtirgan.
  • Kiyev shahri meri Vitaliy Klichko Zalujniyning iste’fosiga qarshi chiqdi.
  • FT nashri yozishicha, Zelenskiyning Ukraina harbiy rahbariyatini almashtirish bo‘yicha rejalari g‘arblik hamkorlarni asabiylashtirmoqda.
  • AQSh senati Ukrainaga yordam ham ko‘zda tutilgan qonun loyihasini taqdim etdi. Endi uni kongress qabul qilishi kerak.
  • Yandex N.V. Rossiyadagi «Yandeks» konsorsiumi xususiy investorlarga sotilganini e’lon qildi. Arkadiy Voloj xorijdagi bizneslarni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
  • Putin Uzoq Sharq va Arktika ipotekalarini urush faxriylari va qurbonlarning oila a’zolari uchun uzaytirib berishga ko‘rsatma berdi. Undagi imtiyozli stavka 2 foizni tashkil etadi.
  • Markaziy saylov komissiyasi Rossiya prezidentligiga nomzod Boris Nadejdin to‘plagan imzolarning 15 foizini nuqsonli deb topdi.

Malaya Kamishevaxadagi Avliyo Troitskiy ibodatxonasi

Ukraina QK Xarkiv oblastidagi Malaya Kamishevaxa qishlog‘ini 2022 yil kuzidagi qarshi hujum davomida ozod etgandi. Keng ko‘lamli urushning ilk kunlarida boshlangan okkupatsiya chog‘ida rossiyalik harbiylar Avliyo Troitskiy ibodatxonasini dala hospitaliga aylantirgan. Quyida Malaya Kamishevaxada janglardan keyin yuzaga kelgan vaziyat aks etgan kadrlar.

Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Malaya Kamishevaxa atrofida yakson etilgan tanklar
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Avliyo Troitskiy ibodatxonasi deraza tokchasida o‘q-dori solingan qutilar
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Malaya Kamishevaxa atrofidagi dalada yotgan raketa snaryadi
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Avliyo Troitskiy monastirining shikastlangan gumbazi
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA

Ukraina qurolli kuchlarining Baxmut atrofidagi dronlari

«Axilles» nomli 92-brigadaning zarbdor dronlar batalyoni harbiysi oldingi chiziqda dronlar uchun snaryadlarni tayyorlamoqda
Inna Varenytsia / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy xizmatchi «Vampir» jangovar dronini Rossiya qo‘shinlarining Baxmut atrofidagi pozitsiyalariga uchirishga tayyorlanmoqda
Inna Varenytsia / Reuters / Scanpix / LETA

«Azov» jangchilari Luhansk oblastida

Milliy gvardiyaning maxsus topshiriqli «Azov» 12-brigadasi jangchisi Luhansk oblasti Kreminna shahri atrofidagi pozitsiyada
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy xizmatchi 155-millimetr kalibrli M109 «Paladin» o‘ziyurar artilleriya qurilmasini bekitmoqda
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Milliy gvardiyaning maxsus topshiriqli «Azov» 12-brigadasi jangchisi M109 «Paladin» o‘ziyurar artilleriya qurilmasidan o‘t ochishga tayyorlanmoqda
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid