Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniyni iste’foga çiqariş imkoniyatini körib çiqayotganini tasdiqladi. U bu haqda Italiyaning Rai News 24 telekanaliga bergan intervyusida aytib ötgan.

«Bu Ukraina boşqaruvi masalasi. Şubhasiz, qayta işga tuşiriş, yangidan boşlaş kerak», — degan Ukraina prezidenti OAVda u Zalujniyni işdan böşatmoqçi ekani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan izoh berib.

«Bu haqda gapirganda, men faqat ma’lum bir sektor, masalan harbiy sohadagi emas, balki bir qator davlat amaldorlarini almaştirişni nazarda tutyapman. Men bunday almaştiriş (Zalujniy) haqida öylayapman, ammo gap faqat bir kişini almaştiriş haqida emas», — deya qayd etgan Zelenskiy.

U agar Ukraina uruşda ğalaba qozonişni istasa, ukrainlar «töğri ijobiy energiyaga ega bölişi kerakligi»ni ta’kidlagan. «Şuning uçun men qayta işga tuşiriş, almaştiriş haqida gapiryapman, men birgina şaxsga emas, mamlakat rahbariyati yönalişiga taalluqli bölgan jiddiy narsani nazarda tutyapman», — degan Zelenskiy.

  • Ukraina va Amerikadagi naşrlar ma’lumotiga köra, Volodimir Zelenskiy 29 yanvar kuni ötkazilgan yiğilişda Valeriy Zalujniyga tez orada Ukraina qurolli kuçlari boş qömondonligidan iste’foga çiqişi haqida ma’lum qilgan. Avvaliga Ukraina prezidenti ofisidagilar va Ukraina mudofaa vazirligi Zalujniyni iste’foga çiqariş rejalaştirilgani haqidagi xabarlarni rad etayotgandi. Ukraina QK boş qömondonini lavozimidan ozod etiş töğrisidagi farmon hozirça imzolanmagan.