O‘zbekiston | 08:01 / 18.02.2024
39100
2 daqiqa o‘qiladi

Ozodbek Nazarbekovning xizmat avtomobili velosipedchini urib yubordi

Velosipedchi yo‘lning belgilanmagan qismini kesib o‘tayotgan bo‘lgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.

Foto: Videodan kadr

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning xizmat avtomobili 16 fevral, juma kuni velosipedda yo‘lning belgilanmagan qismini kesib o‘tayotgan yo‘lovchini urib yuborgani aks etgan video tarqaldi.

Madaniyat vazirligi Ozodbek Nazarbekovning xizmat avtomobili velosipeddagi yo‘lovchini urib yuborgani bilan bog‘liq xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi.

«Mazkur hodisa joriy yilning 16 fevral kuni Andijon viloyati Qorasuv shahrida sodir bo‘lgan.

Jabrlanuvchi zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan va shifokorlar unga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatishgan. Tekshiruvlar natijasida yo‘lovchining sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy, xavotirli holat yo‘qligi aniqlandi.

Zaruratga ko‘ra, albatta, bu borada yana qo‘shimcha axborot beriladi. Shu o‘rinda, yurtdoshlarimizdan yo‘lda harakatlanish madaniyatiga qat’iy rioya qilishlarini so‘rab qolamiz. 

Arzimagan vaqtingizni qizg‘anib, yo‘l qoidasini buzgan holda o‘zingiz va boshqalar hayotini xavf ostida qoldirmang. Chunki yo‘l xatoni kechirmaydi. Birgina xato bir umrlik afsusga sabab bo‘lib qolmasin», deyiladi vazirlik xabarida.

Ijtimoiy tarmoqlarda vazir jabrlanuvchini ko‘rishga borgani aks etgan kadr tarqalgan

Mavzuga oid