O‘zbekiston | 08:15 / 18.02.2024
4502
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati. 

Ma’lum qilinishicha, Irkutskdagi «Rusal Komplektatsiya», Ufadagi «Gur’yevskiy rinok», «Proyekstroykompleks», Tuladagi «Promsort tuda», «Link Promoborudovaniye», «YunayTeks», «Shyokinskiy zavod KVOiT», Sankt-Peterburgdagi «Karat Plyus», «Opora Injiniring» va Astraxandagi korxonalarda ishlayotgan o‘zbekistonliklar hamda ularning ish beruvchisi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Sankt-Peterburg, Perm va Novosibirskda moliyaviy qiyin ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolari Perm—Namangan, Sankt-Peterburg—Urganch yo‘nalishidagi aviareyslar orqali vatanga qaytarildi.

Shuningdek, Volgograd, Voronej, Yekaterinburg va Nijnevartovskda ishlayotgan o‘zbekistonliklarga huquqiy va moddiy yordam ko‘rsatildi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid