Iqtisodiyot | 13:23 / 20.02.2024
8108
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston va O‘zbekiston savdo aylanmasi 1 mlrd dollardan oshdi 

Turkmaniston matbuoti O‘zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi haqida yozmoqda.

Foto: SalamNews

Turkmanistonning ommabop SalamNews axborot portalida «2023 yilda Turkmaniston va O‘zbekiston savdo aylanmasi 1 milliard AQSh dollaridan oshdi» sarlavhali maqola e’lon qilindi.

Axborot portalining O‘zbekiston Statistika agentligi ma’lumotlariga tayanib yozishicha, 2023 yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard dollardan oshgan. Ushbu ko‘rsatkich 2017 yildagi tovar ayirboshlash hajmidan besh baravar ko‘proqdir.

«Turkmaniston O‘zbekistonning savdo hamkorlari orasida oltinchi o‘rinni egallaydi», - deyiladi maqolada.

Qayd etilishicha, Ashxobod va Toshkent Turkmanistonning Toshhovuz viloyati va O‘zbekistonning Xorazm viloyatiga tutash hududni qamrab oladigan transchegaraviy savdo zonasini yaratishga kelishib olgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid