Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metrosining ikkita yangi bekati 11 martdan ishga tushadi
Bekatlarda texnik sinov ishlari yakunlangan. Poyezdlar harakati odatiy reja asosida yo‘lga qo‘yiladi.
Toshkent metropoliteni Yer usti halqa yo‘lining Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) bekatlari 11 mart, dushanba kuni ishga tushadi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» xabar berdi.
Belgilangan texnik sinov ishlari yakunlangan. Bekatlar 11 mart ertalabdan odatiy reja asosida yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.
Ta’kidlanishicha, 7 mart kuni Toshkent shahriga yangi 12 ta metro vagoni keltirilgan. May oyi so‘ngiga qadar esa yana 20 ta zamonaviy metro vagonlari keltirilishi reja qilingan.
Avvalroq Kun.uz so‘roviga Transport vazirligi «Turon» va «Qipchoq» bekatlaridagi sinov jarayonlari joriy yilning 15 martiga qadar o‘tkazilishini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesigacha bo‘lgan «Turon» va «Qipchoq» metro bekatlarining qurilishi 2023 yil so‘ngida yakunlanib, 15 dekabr kuni poyezdlar harakati sinov tariqasida boshlangandi.
Qo‘yliqdan Sergeligacha bo‘lgan yerusti halqa yo‘li jami 7 ta metro bekatini o‘z ichiga olgan. Uning qurilishi 2020 yilning dekabr oyidan boshlangan. 2023 yil aprel oyida bekatlarning 5 tasi aholiga foydalanishga topshirilgandi.
Mavzuga oid
23:05 / 14.03.2026
Toshkentda 460 ta bekat tadbirkorlarga ijaraga berildi – hokimiyat
19:41 / 12.03.2026
Do‘konli bekatlarning deyarli hammasida noqonuniy qurilish bor – YHTM
09:50 / 07.03.2026
Toshkentda 8 ta bekatni yangilash ishlari olib borilmoqda
11:47 / 04.03.2026