Toshkent yerusti metrosining yana 5 ta bekati foydalanishga topshirildi
Endi yerusti metrosida «Quruvchilar» massivigacha borish mumkin.
Toshkentda yerusti halqa metro yo‘lining II bosqichi doirasida qurib bitkazilgan 5 ta bekatda yo‘lovchi tashuvlari boshlandi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qo‘yliq—Quruvchilar uchastkasida qurilish ishlari tugatilgan 5 ta bekatning umumiy uzunligi 7,74 kilometr.
Shunday qilib, Toshkent metropolitenining bekatlari soni 48 taga yetdi. Yerusti metrosi qurilishining ikkinchi bosqichi to‘liq yakunlanishi bilan Toshkent metropolitenining jami uzunligi 70 kilometrdan ziyod, bekatlar soni 50 ta bo‘ladi.
Bekatlarga hozircha yangi nom berilmagan.
2023 yil aprel boshida Toshkent shahar hokimligi metropoliten yerusti liniyasining Do‘stlik—Qo‘yliq va Olmazor—Sergeli yo‘nalishlaridagi bekatlarni nomlash bo‘yicha ovoz berishga chaqirgandi.
Ma’lumot uchun, «Do‘stlik» metro bekatidan «Qo‘yliq» bekatigacha bo‘lgan metro liniyasining birinchi bosqichi 2020 yil avgust oyida ishga tushirilgandi. O‘sha yilning dekabr oyida Chilonzor liniyasining davomi bo‘lgan Sergeli filiali ochilgandi.
Yana ikkita stansiyani o‘z ichiga olgan, uzunligi qariyb 4 km bo‘lgan «Quruvchilar» — «Qipchoq» bekatining (Sergeli liniyasining 5-bekati) qurilishi davom etmoqda. Hozircha ushbu yo‘nalishda avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Londondagi Ukraina muzokaralarini ijobiy baholadi
Jahon | 09:50
-
Agar AQSh yadro sinovlarini tiklasa, Rossiya ham shunday qilishi mumkin – Shoygu
Jahon | 09:50
-
Lavrov migrantlar orasida jinoiy guruhlar paydo bo‘lishining oldini olishga chaqirdi
Jahon | 09:49
-
Hindiston Kashmirdagi teraktdan keyin Pokistonga cheklovlar joriy qildi
Jahon | 09:30
Mavzuga oid

08:50
Toshkentning beshta tumanida issiq suv ta’minoti tiklanadi

17:42 / 22.04.2025
Yunusobodda Lacetti yonib ketdi

10:53 / 22.04.2025
Jomboy tumani FVB boshlig‘i pora bilan ushlandi

21:12 / 18.04.2025