Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Madrimovga prezident sovg‘asi – «Chevrolet Tahoe» mashinasi topshirildi
O‘tgan haftada super yarim o‘rta vaznda jahon chempioniga aylangan Isroil Madrimovga prezident sovg‘asi sifatida avtomobil topshirildi.
WBA kamari sohibi Isroil Madrimov bugun, 14 mart kuni O‘zbekistonga qaytib keldi.
Madrimovni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston boks federatsiyasi rasmiylari, OAV vakillari va sportchining yaqinlari tantanali tarzda kutib oldilar.

Tadbir yakunida esa super o‘rta vazn toifasi WBA yo‘nalishida jahon chempioni Isroil Madrimovga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi sifatida «Chevrolet Tahoe» mashinasi topshirildi.


Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistonining Ar Riyod shahridagi «Kingdom Arena» majmuasida o‘tgan professional boks kechasida o‘zbekistonlik bokschi WBA kamari uchun rossiyalik Magomed Qurbonovga qarshi ringga ko‘tarilib, shu vaqtgacha yengilmagan raqibini 5-raundda nokautga uchratgandi.
Shu tariqa Madrimov faoliyatidagi 10-jangida 9-g‘alabasini va chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026