Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yaylovlar muhofazasi uchun maxsus strategiya qabul qilinadi
Vazirlar Mahkamasining “Yaylovlar va ulardagi yerosti suvlarini muhofaza qilish hamda yaylov degradatsiyasiga qarshi kurashish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan yaylovlar va ulardagi yerosti suvlarini muhofaza qilish strategiyasini ishlab chiqish tashabbusi ilgari surilmoqda. Buning uchun tegishli dastur va ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi.
Dastur yo‘nalishlari:
- yaylovlardan samarali foydalanishning tashkiliy-uslubiy asoslarini takomillashtirish;
- yaylovlar va ulardagi yerosti suvlarini muhofaza qilish strategiyasini amalga oshirish;
- yaylovlarni barqaror boshqarish tizimini joriy etish;
- yerosti suvlarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish.
Shuningdek, 2024-2028 yillarda 21 mln gektardan ziyod yaylov va pichanzor maydonlari xatlovdan o‘tkazilib, ularning elektron xaritalari ishlab chiqiladi.
Mavzuga oid
15:41 / 02.01.2026
20 ta turizm klasteri tashkil etilib, 4 mingta yangi mehmonxona va xostel ochiladi
13:47 / 31.12.2025
Har yili 500 nafar iqtidorli yoshlar xorijdagi nufuzli oliygohlarga yuboriladi
11:18 / 31.12.2025
Profilaktika kuchaytiriladi: yuqumli bo‘lmagan kasalliklar erta aniqlanadi
11:14 / 31.12.2025