Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xoshiminda O‘zbekiston - Vetnam qo‘shma savdo uyi ochiladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 18-20 mart kunlari rasmiy tashrif bilan Vetnam poytaxti Xanoy shahriga bo‘lib turibdi.
Savdo-sanoat palatasi xabariga ko‘ra, tashrif doirasida 19 mart kuni ikki davlat ishbilarmon doira vakillari ishtirokida O‘zbekiston—Vetnam biznes forumi hamda B2B formatidagi ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi.
Forum doirasida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish choralari muhokama qilindi.

Tadbir yakunlari bo‘yicha, ikki davlat ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator kelishuvlarga erishildi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Vetnam Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida Xoshimin shahrida O‘zbekiston—Vetnam qo‘shma savdo uyini ochish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Mavzuga oid
08:16 / 02.06.2026
Top-10: dunyo savdosida eng katta ulushga ega davlatlar
09:41 / 13.03.2026
Xoshimin - Istanbul reysi Samarqandda favqulodda qo‘ndi
09:02 / 12.03.2026
O‘zbekistonda xorijiy korxonalar asosan savdo sohasida faoliyat yuritmoqda
08:00 / 20.02.2026