Jahon | 17:19 / 21.03.2024
12807
5 daqiqa o‘qiladi

Xarkivga raketa zarbasi va frontdagi kapellan. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 756-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Belgorod oblastining Grayvoron shahri o‘qqa tutilishi oqibatida mahalliy aholi vakillaridan ikki kishi halok bo‘ldi.
  • Rossiya qo‘shini Xarkivdagi korxonaga zarba berdi. Qurbonlar va yaralanganlar bor.
  • Belgorod Vampire baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan o‘qqa tutildi. Bir kishi halok bo‘lib, ikki kishi yaralandi.
  • Dronlar Engels shahriga hujum uyushtirdi. U yerda RF qurolli kuchlari aviatsiyasining strategik bazasi joylashgan.
  • Belgorod oblastidagi yettita aholi yashash manzillariga kirish joylariga blokpostlar o‘rnatildi.
  • Ukraina TIV rahbari Dmitro Kuleba Makron qo‘shin yuborish haqida gapirganda faqat harbiylarni tayyorlash uchun instruktorlarni nazarda tutganini aytdi.
  • Pentagon rahbari Lloyd Ostin Ukraina yashab olishi xavf ostida ekani, bu AQSh xavfsizligi uchun ham tahdid hisoblanishini aytdi.
  • Fransiyada sud ilk bor safarbarlikdan qochgan rossiyalikka boshpana berdi.

Xarkiv o‘qqa tutilishi

Rossiya qo‘shini 20 mart kuni Xarkiv bo‘ylab X-59 raketalari bilan hujum qildi. Xarkiv oblasti rahbari Oleg Sinegubov besh kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan.

Rossiya raketasi Xarkivning g‘arbiy qismidagi Xolodnogorskiy rayoniga zarba berdi
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Zarbadan keyin ichida odamlar bo‘lgan binoda yong‘in boshlangan
Pavlo Pakhomenko / NurPhoto / Getty Images
Xarkiv oblasti rahbari Oleg Sinegubov to‘qqiz kishi yaralangani, shundan yetti nafari shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qilgan
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Portlash to‘lqini va yong‘in tufayli binoning bir qismi qulab tushgan. Qutqaruvchilar bir necha soat davomida xarobalarni tozalab, omon qolganlarni va qurbonlarning jasadlarini olib chiqqan
Yevhen Titov / Global Images Ukraine / Getty Images
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy kechki telemurojaatida Xarkivda halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarga barcha zarur yordamlar ko‘rsatilishiga va’da berdi. Zelenskiy Xarkiv va Ukrainaning boshqa shaharlari himoyasi uchun g‘arb ittifoqchilari tomonidan taqdim etilishi mumkin bo‘lgan havo hujumidan mudofaa tizimlari o‘ta zarur ekanini ta’kidlagan.
George Ivanchenko / EPA / Scanpix / LETA

Baxmut atrofidagi ukrain minomyotchilari

Ukrainalik harbiylar Rossiya qo‘shini qariyb bir yil muqaddam egallab olgan Baxmut atrofida mudofaani ushlab turibdi. Ukraina qurolli kuchlari so‘nggi oylarda o‘q-dori taqchilligiga uchradi — g‘arbdagi ittifoqchilar ularni yetkazib berish bo‘yicha va’dalarini o‘z vaqtida bajara olmadi. Rossiya qo‘shini snaryadlar miqdori borasida ancha ustunligiga qaramay, ukrainalik harbiylar RF qo‘shini yurishini to‘xtatib turishda davom etmoqda.

Baxmut atrofida mudofaalanayotgan ukrain bo‘linmalari qatorida Qishki yurish ritsarlari nomidagi 28-alohida mexanizatsiyalashgan brigada ham bor 
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
28-alohida mexanizatsiyalashgan brigada jangchilari minomyotdan o‘t ochishga tayyorlanmoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk oblastida RF qo‘shini qariyb butun front bo‘ylab yurish qilishga urinmoqda — nafaqat Baxmut atrofida, balki Avdiyivka (RF armiyasi bu shaharni fevral oyi o‘rtalarida egallagandi), Maryinka va Novomixaylovka yo‘nalishlarida ham.
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Ukraina qurolli kuchlarining Kupyansk atrofidagi boshpanasida kapellan

Ukraina qurolli kuchlari saflarida turli diniy konfessiyalarga mansub bo‘lgan o‘nlab harbiy kapellanlar xizmat qilmoqda. Ulardan biri — Pavel Fedosov — harbiy ruhoniylarning missiyasini shunday tavsiflaydi: «Ular ishonchli yelka vazifasini o‘taydi. Axir harbiy xizmatchi samarador bo‘lishi uchun nafaqat o‘z qurol-aslahasiga ishonchi komil bo‘lishi, balki uni dushman olovidan asraydigan yashirin kuch — Xudo tomonidan himoyalanganini bilishi kerak. Aslida, kapellan — askarlarning oliy kuchlar tomonidan himoyalanganligiga ishonchidir».

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ddp / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ddp / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ddp / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ddp / Vida Press

Mavzuga oid