O‘zbekiston | 10:54 / 26.03.2024
4410
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri G7 davlatlari elchilari bilan uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va "Katta yettilik" mamlakatlari elchilari savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Foto: TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha "Katta yettilik" mamlakatlarining elchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

"Katta yettilik" mamlakatlarining elchilari – Jonatan Xenik janoblari (AQSh), Timoti Smart janoblari (Buyuk Britaniya), Oreliya Bushez xonim (Fransiya), Tilo Klinner janoblari (Germaniya), Agostino Pinna janoblari (Italiya), Alan Xemson janoblari (Kanada), Takashi Xatori janoblari (Yaponiya) hamda Sharlotta Adrian xonim (Yevropa Ittifoqi) bilan uchrashdik", - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.

Qayd etilishicha, savdo to‘siqlarini bartaraf etish, yangi ishlab chiqarish va ta’minot zanjirlarini yaratish, kooperatsiya loyihalariga investitsiya jalb etish va boshqa masalalar yuzasidan umumiy sa’y-harakatlarni birlashtirish muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlab o‘tilgan.

Mavzuga oid