O‘zbekiston | 10:34 / 28.03.2024
3496
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryo va Tatariston neftni qayta ishlash sohasida hamkorlik qiladi 

Termiz tumanida joylashgan «Mehmonlar uyi» kompleksida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Tatariston raisi Rustam Minnixonov ishtirokida delegatsiyalarning muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Tatariston rahbari Surxondaryoning boy tarixi bilan tanishuvi unda katta taassurot qoldirganini ta’kidladi. Ikki tomonlama manfaatli hamkorlik loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Neftni qayta ishlash, transport va logistika, ta’lim, qishloq xo‘jaligi, innovatsion texnologiyalar hamda chorvachilikni rivojlantirish sohalarida hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

Kelgusida hamkorlik aloqalarini madaniy sohalarda ham rivojlantirish maqsadida madaniyat kunlarini tashkil etish, o‘tkaziladigan bayram tadbirlarida ikki hudud delegatsiyalarining tashriflarini uyushtirishga kelishib olindi.

Tatariston va Surxondaryo o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichda rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan uchrashuv yakunlari yuzasidan ikki hudud rahbarlari tomonidan bayonnoma imzolandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid