O‘zbekiston | 14:07 / 28.03.2024
31350
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi

Sariosiyo tumanida ayol kishi boshqaruvidagi Nexia 3 yo‘ldan chiqib ketib, beton to‘siqqa urilgan. Avtomobilda yong‘in ro‘y bergan, ayol va uning ikki farzandi voqea joyida halok bo‘lgan. Yana ikki kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: Surxondaryo viloyati YHXB

27 mart kuni soat 15:40 atrofida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yuz bergan yo‘l transport hodisasi oqibatida 3 kishi vafot etdi.

Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berishicha, 41 yoshli ayol haydovchilik guvohnomasisiz Nexia 3 avtomobilida Sangardak-Denov yo‘nalishida harakatlangan. Tumanning Nilu mahallasi hududida tezlikni me’yoridan oshirishi oqibatida tik nishablikda boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib ketib, beton to‘siqqa urilgan.

Avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan. Buning oqibatida haydovchi va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari voqea joyida halok bo‘lgan.

Shuningdek, avtomobilda bo‘lgan haydovchining yana bir farzandi hamda yaqin qarindoshi (avtomobil egasi) og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Boshqarma axborot xizmati fuqarolardan haydovchilik guvohnomasiga yoki yetarlicha malakaga ega bo‘lmay turib avtomobil boshqarmaslikni so‘ragan.

Mavzuga oid