2023 yilda budjetdan ajratilgan subsidiyalar miqdori keskin oshgan
O‘tgan yil davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalar miqdori 29 trln 255 mlrd so‘mni tashkil qilgan. Bu 2021 yilga nisbatan 5,2 barobarga, 2022 yilga nisbatan 2,4 barobarga ko‘p.

Foto: Shutterstock
2023 yil yakunlariga ko‘ra, davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalar miqdori 29 trln 255 mlrd so‘mni tashkil qilgan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarda keltirib o‘tilgan.
Taqqoslash uchun, 2021 yilda 5 trln 629,8 mlrd so‘m, 2022 yilda esa 12 trln 260,9 mlrd so‘m miqdorida subsidiya ajratilgan. O‘tgan yilda subsidiyalar miqdori rekord darajada oshib, 2021 yilga nisbatan 5,2 barobarga, 2022 yilga nisbatan 2,4 barobarga ko‘paygan.
2023 yilda subsidiya mablag‘larining katta qismi quyidagi maqsadlarda ishlatilgan:
- ichki bozorda tabiiy gazni ulgurji sotib olish va sotish o‘rtasidagi zararlarni qoplash – 17,99 trln so‘m (dastlab bu miqdor 12,4 trln so‘m bo‘lishi ko‘zda tutilgan);
- nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga subsidiyalar – 2,74 trln so‘m;
- issiqlik ta’minoti korxonalari zararini qoplash xarajatlari – 1,72 trln so‘m;
- aholi tomonidan uy-joy sotib olish uchun subsidiyalar – 1,1 trln so‘m;
- qishloq xo‘jaligi jamg‘armasiga subsidiyalar – 848 mlrd so‘m;
- jamoat transportida yo‘lovchilar tashish uchun subsidiyalar – 838 mlrd so‘m;
- chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik xo‘jaliklari tomonidan yetishtirib sotilgan mahsulot uchun subsidiyalar – 603 mlrd so‘m.
Shuningdek, geologiya-qidiruv ishlariga 1,02 trln so‘m subsidiya berilgan. Dastlab ushbu maqsadlar uchun 990 mlrd so‘m yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lgan.
Avvalroq, 2023 yilda O‘zbekistonda konsolidatsiyalashgan budjet xarajatlari daromadlardan 59 trln so‘m yoki 5 mlrd dollardan ko‘proqqa oshib ketgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi
Jahon | 01:03
-
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video
Sport | 00:48
-
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi
Jahon | 00:15
-
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi
Sport | 23:38 / 05.06.2025
Mavzuga oid

08:40 / 30.05.2025
Yirik soliq to‘lovchilardan davlat budjetiga tushumlar miqdori aytildi

20:08 / 22.05.2025
Issiqlik ta’minoti obektlarini qurishga 500 mlrd so‘m ajratildi

13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi

09:50 / 17.05.2025