Bild: Germaniya Ukrainaga MRAP zirhli mashinalarini yetkazib berishni kechiktirdi
Ukraina nemis mudofaa kompaniyasi bilan MRAP zirhli transportyorlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi, u Germaniya hukumati tomonidan moliyalashtiriladi, biroq jihozlarni topshirish kechikmoqda, deb yozadi Bild. Bundan tashqari, mashinalar soni ham qisqartirildi.
Germaniya Rossiya hujumidan o‘zini himoya qilayotgan Ukrainaga og‘ir MRAP (Mine Resistant Ambush Protected) g‘ildirakli zirhli transport vositalarini topshirishni kechiktirmoqda. Berlin 2024 yilning yanvar oyidan boshlab Ukraina Qurolli kuchlariga 400 tagacha MRAP zirhli transportyorlarini minalarga qarshi kuchaytirilgan himoya vositalari bilan topshirishga va’da berdi, biroq jarayon hali boshlanmadi, deb yozadi Bild gazetasi 22 aprel, dushanba kuni Germaniya Mudofaa vazirligi vakili, shuningdek, xuddi ixtiyorida mavjud bo‘lgan vazirlik hujjatiga tayanib.
Yetkazib berish 2024 yilning yanvarida boshlanishi kerak edi
2023 yil sentabrdagi hujjatda zirhli texnikalar 2024 yilning yanvaridan oktyabrigacha 20 donadan iborat partiyalarda yetkazilishi kerakligi aytiladi, deb yozadi Bild. Unga ko‘ra, joriy yil uchun ushbu yetkazib berish hajmi avvaliga 200 donaga, keyin esa 100 donaga kamaytirilib, buning boshlanishi may-iyun oylariga ko‘chirildi. Bunga Germaniyada yig‘iladigan zirhli texnika qismlarini AQShdan olib kirishdagi qiyinchiliklar sabab bo‘lgan.
MRAP’ni ishlab chiqarishi kutilayotgan Germaniyaning Flensburger Fahrzeugbau GmbH (FFG) mudofaa kompaniyasi «AQShdan Germaniyaga eksport litsenziyasi cheklovlari» hamda minalardan himoyalanish sertifikati bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda, deb yozadi Bild. Germaniya budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan shartnoma summasi 315 million yevroni tashkil qiladi.
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius 19 mart kuni rasmiy ravishda «jang maydonida harakatchanlikni oshirish» uchun harbiy texnikalar to‘plamining bir qismi sifatida «100 ta himoyalangan piyoda askarlar mashinasi» yetkazib berilishini e’lon qildi. Bild so‘roviga javoban Mudofaa vazirligi gap MRAP texnikasi, ya’ni FFG qurol kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan «mina va pistirmadagi mashinalardan himoyalangan» zirhli transport vositalari haqida ketayotganini tushuntirdi. Departament vakilining ta’kidlashicha, barcha avtomobillar 2024 yilda Ukrainaga yetkaziladi.
Mavzuga oid
15:30
Zelenskiy: Oktyabrda Ukrainaga 2 mingdan ortiq dron hujum qildi
14:50
Janubiy Koreya Ukrainaga kuzatuvchilar va tahlilchilar guruhini yuborish imkonini ko‘rib chiqmoqda
11:10
Berbok: GFR Ukrainaga qishki yordam uchun yana 200 mln yevro o‘tkazadi
13:10 / 04.11.2024