Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida Janubiy Koreya tajribasi asosida ko‘chat ekiladi
Janubiy Koreya tajribasi asosida Nurafshon va Bekobod shaharlari, O‘rta Chirchiq, Toshkent va Ohangaron tumanlari hududidan jami 34 gektar yer maydoni obodonlashtirish boshqarmalariga biriktiriladi.
Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan Janubiy Koreya tajribasi asosida ko‘chat ekilishi 10 kun muddatda ta’minlanadi. Viloyat hokimi Zoir Mirzayevning bu boradagi tegishli qarori qabul qilindi.
Janubiy Koreya tajribasi asosida Nurafshon va Bekobod shaharlari, O‘rta Chirchiq, Toshkent va Ohangaron tumanlari hududidan jami 34 gektar yer maydoni 30 yil muddatga obodonlashtirish boshqarmalariga biriktiriladi.
Har 1 gektar yer maydoni uchun mahalliy budjetdan 100 million so‘m mablag‘ ajratiladi va tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilinadi.
Bunda, yerni tayyor holga keltirib, daraxt ekishga xohishi bo‘lgan aholiga o‘zi istagan turdagi ko‘chatni ekishi uchun sharoit yaratib, har bir daraxt ko‘chat ekkan shaxs nomiga tamg‘alanadi. Daraxtlarni parvarishlash uchun obodonlashtirish boshqarmasi shtatlari doirasidagi har 1 gektar uchun bir nafar xodim biriktiriladi.
Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari shtat birliklari doirasida “Yashil kelajak bog‘i” bo‘limlari faoliyati tashkil etiladi.
Mavzuga oid
09:05
120 ming dollarlik qalbaki pulni sotishga uringanlar qo‘lga olindi
10:30 / 10.06.2026
Toshkent – vodiy yo‘lining bir qismida maksimal tezlik pasaytirildi
09:00 / 10.06.2026
Zangiotada yirik kumush savdosiga chek qo‘yildi
11:50 / 08.06.2026